Fanning mazmuni

“Iqtisodchilar uchun matematika” fani talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga matematik nuqtai nazardan qarab, ularni idrok etish, matematik modellarini o‘rganish va qurishni o‘rgatadi.

Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari bilan tanishtirish hamda talabalarda matematik modellar yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilishga va masalalarning optimal yechimlarni topishga va qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda olingan bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – bilim va ko‘nikmalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirishdan iborat: mantiqiy fikrlashda matematik bilim darajasini oshirish, iqtisodiy masalalarini qo‘yish va  yechishda fundamental ko‘nikmalarni oshirish, tatbiqiy iqtisodiy masalalarini matematik modellashtirish, yechish va mustaqil ravishda matematik adabiyotlardan foydalanish samaradorligini oshirish.