Available courses

Kirish so'z

Yurtimizda mustaqillik sharofati bilan transport sohasida erishilgan yutuqlarni ko‘proq tahlil va targ‘ib etishda o‘zbek tilining qudratidan foydalanish nihoyatda muhim. Boisi rusiyzabon talabalarga o‘zbek tilining boy merosini o‘rgatish, temir yo‘l sohasidagi muvaffaqiyatlarimizni ko‘rsatish, til o‘rgatish asosida milliy-ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizga hurmat hissini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan talabalarni boxabar etish, yuz berayotgan turli voqea-hodisalarning mohiyatini tushuntirish, milliy-ma’naviy merosimizning asoslarini teranroq o‘rgatish, tilimizning boy tarixi va taraqqiyot boshqichlari haqida ma’lumotlarni yetkazish, dunyo hamjamiyatining yurtimiz takomili to‘g‘risidagi fikrlarni tahlil etishda o‘zbek tiliga ehtiyoj seziladi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib,bmodul masofaviy ta’lim yo‘nalishi  rusiyzabon talabalari uchun mo‘ljallangan.

Adabiy o‘qish uchun berilgan materiallarda o‘zbek xalqining ko‘hna tarixi, boy milliy qadriyatlari aks ettirilgan rivoyatlar, o‘zbek adabiyotining yorqin siymolari asarlaridan parchalar berib borildi. Shuningdek bunda  nutq va bog‘lanishli matn turlari, nutq uslublari ularning lisoniy xususiyatlari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar maxsus tizimli mashqlar kiritildi.

Bog‘lanishli matnlar va adabiy o‘qish materiallarida talabalarni mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga qiyoslash va xulosa chiqarishga o‘rgatadigan matn oldi va matn yuzasidan savol va topshiriqlar qo‘yildi.

Ma’lumki, oliy ta‘lim bosqichlarida talabalarning mustaqil ishlariga katta e’tibor qaratiladi. Shundan kelib chiqib darslikda talabalarning mustaqil ishlashlari uchun: oldindan o‘zlashtirilgan materiallarga referat tuzish, maxsus o‘qilgan adabiyotlar uchun –tezis, annotatsiya, taqriz yozish kabilar berilgan.

Transport sohasida tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasi, dunyoqarashi, qiziqishi va o‘zlashtirishini inobatga olgan holda nazariy va amaliy materiallarni ixchamlashtirishga harakat qilganmiz, bu esa qo‘llanmaning yana bir mihum yutug‘i hisoblanadi.

Russiyzabon talabalarga til malakalarini oshirishga ko‘maklashuvchi, ularning nutq faoliyatini rivojlantirishga asos bo‘luvchi va o‘qituvchilarning ishini yengillashtiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi deb o‘ylaymiz.

Qadrli talabalar! Sizlarga til ilmini o‘rganishda omad yor bo‘lsin!